Xorvatiyalik futbolchi: "Bizni Argentinaga qarshi haqiqiy jang kutmoqda"
13 DEKABR, 2022, 11:29
Xorvatiya terma jamoasi va "Zenit" himoyachisi Deyan Lovren Qatarda bo'lib o'tayotgan JCh-2022 doirasidagi Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvi arafasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizni haqiqiy jang kutmoqda, biz bunga tayyormiz" - deb yozdi Lovren ijtimoiy tarmoqda.