Ibrahimovich: "Nima uchun ismim Zlatan ekanligini otamdan hech qachon so'ramaganman"
13 DEKABR, 2022, 10:32
Hammaga ma'lumki, Zlatan Ibrahimovich Shvetsiyada tug'ilgan bo'lsa-da, Bolqon yarim orolida tug'ilgan fuqaroning o'g'li - uning bosniyalik otasi Zlatan tug'ilishidan bir necha yil oldin Shvetsiyaga hijrat qilgan. "Milan" hujumchisi o'zi otasi bilan slavyan ismi haqida hech qachon muloqot qilmaganini ochiq aytdi. Bu ism aslida bosniyaliklar uchun ham g'alati, chunki, u erda ismlar odatda turkiy ildizlarga ega.
"Otamning familiyasi Ibrahimovich. Ular meni "Zlatan", ya'ni slavyan tillarida "oltin" deb atashdi. Nima uchun ekanligini so'ramaganman. Taqdir shunday. Men hech narsani o'zgartira olmayman", - dedi Ibrahimovich.