logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:54
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Luis de la Fuente: «Futbolchilarning pasportiga qaramayman»

 12 DEKABR, 2022, 19:48

Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Luis de la Fuentedan Serxio Ramosning jamoaga qaytishi mumkinligi haqida so'rashdi.

Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmagan va bu ko'pchilikni hayratga solgandi.

«Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkinmi? Ha. Uning ahvoli yaxshi va yaxshi holatda bo'lgan barcha futbolchilarga imkon beriladi.

Yoshlar jamoalari bilan ishlaganimda yosh chegarasiga amal qilganman. Endi istalgan futbolchini tanlashim mumkin. Men hech kimga eshiklarimni yopmayman. Men futbolchilarning pasportiga qaramayman», dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR