Azarga MLS varianti ma'qulroq
12 DEKABR, 2022, 13:44
"Real" va Belgiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini MLSda davom ettirish haqida o'ylamoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Futbolchi klubda doimiy o'yin amaliyotiga ega emas. Azarning o'zi "qaymoqranglilar" rahbariyati undan bu haqda so'rasa, madridliklar safidan ketishini allaqachon aytib o'tgan. Yarim himoyachining ispanlar bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Faoliyatini davom ettirishning mumkin bo'lgan variantlarini ko'rib chiqqan Azar MLSga katta e'tibor beradi. Amerika ligasi Evropaning top ligalariga qaraganda kamroq talablarga ega va bu belgiyalik futbolchiga yo'qotilgan mavqeini qaytarish imkonini berishi mumkin.