Abduqodir Husanov - “yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”
26 DEKABR, 2023, 16:54
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi bo'lib o'tdi.
Tadbirning ikkinchi qismida joriy yilgi futbol mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” - 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, O'zbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli o'yin ko'rsatib kelayotgan iqtidor egasi — Abduqodir Husanov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi.