"Napoli" "Roma" etakchisini sotib olmoqchi
11 DEKABR, 2022, 21:22
"Napoli" "Roma" qanot hujumchisi Nikolo Dzanoloni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Neapolliklar futbolchining agenti Klaudio Vigorelli bilan bog'lanishdi va u Dzanolo oilasiga "Napoli"ning qiziqishi haqida ma'lum qildi.
Futbolchining oilasi uning transferiga qarshi emas, futbolchining o'zi esa o'sish va ambitsiyalardan manfaatdor.
"Napoli" Dzanoloni Irving Lozanoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Nikoloning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Dzanolo 14 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.