logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Liverpul" jamoaning asosiy o'yinchisiga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi

 4 NOYABR, 2025, 16:54

"Liverpul" jamoaning asosiy futbolchisiga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning eksklyuziv ma'lumotiga ko'ra, mersisaydliklar rahbariyati tez orada Dominik Soboslai bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Uning "qizillar" bilan tuzadigan yangi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha yoki 2031 yilgacha amal qiladi. 25 yoshli vengrning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Soboslaini 2023 yilning yozida "RB Leyptsig"dan 70 million evroga sotib olgan edi.

Dominik Soboslai bu mavsumda "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U mersisaydliklar safida jami 108 ta uchrashuvda 17 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ