logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

FIFAning apellyatsiya qo'mitasi Malayziyaga nisbatan belgilangan jazo chorasini o'z kuchida qoldirdi

 4 NOYABR, 2025, 13:54

FIFAning apellyatsiya qo'mitasi Malayziya terma jamoasining etti nafar futbolchisiga nisbatan hujjatlarni soxtalashtirgani sababli berilgan jazoni o'z kuchida qoldirdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Jazoga tortilgan futbolchilar — Gabriel Palmero, Fakundo Garses, Rodrigo Olgado, Imanol Machuka, Joau Figeiredo, Xon Irasabal va Xektor Xevel xujjarlarni soxtalashtirish bilan bog'liq FIFA intizom kodeksining 22-moddasini buzganlik uchun jazolandi. Unga ko'ra, nomi keltirilgan sportchilar 12 oyga futboldan chetlatildi. Shuningdek, ularning har biri 2 ming shveytsariya franki (2 200 dollar) miqdorida jarima to'laydi.

Malayziya futbol assotsiatsiyasiga ham jazo tayinlangan. Unga ko'ra, ushbu futbolchilar 2025 yil 10 iyun kuni Vetnamga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi–2027 saralash uchrashuvida Malayziya safida maydonga tushgan. Shundan so'ng, FIFAga ularning ayrimlari (Garses, Olgado, Figeiredo, Irasabal va Xevel) bo'yicha shikoyat kelib tushgan. Mazkur shikoyat to'liq o'rganib chiqilgan va ushbu qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Malayziya futbol assotsiatsiyasiga 350 ming shveytsariya franki (385 ming dollar) miqdorida jarimaga tortildi.

Futbolchilar va assotsiatsiya FIFAdan rasmiy asoslangan qarorni olish uchun 10 kun ichida so'rov yuborishi mumkin. Shundan so'ng ular 21 kun ichida Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyatsiya berish huquqiga ega bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ