logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Keyn Angliya terma jamoasi tarkibida rekordni yangiladi

 11 DEKABR, 2022, 00:27

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn tarixni qayta yozishda davom etmoqda.

"Tottenxem" futbolchisi Frantsiya termasiga qarshi jahon chempionati chorak final uchrashuvida inglizlarning asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilgandi va yakunda shunday bo'ldi ham.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, Keyn yirik turnirlarda o'ynagan "uch sherlar" tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha Eshli Koulning rekordini takrorladi (22). Ueyn Runi, Stiven Jerrard va Raxim Sterling 21tadan ikkinchi o'rinda, Piter Shilton va Devid Bekxem esa 20tadan uchinchi o'rinni egallab turishibdi.

Qatar jahon chempionati doirasida Xarri Keyn bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Angliya – Frantsiya qarama-qarshiligi g'olibi yarim finalda Marokash bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR