Hamyurtimiz Abu-Dabida tengsiz deb topildi
25 DEKABR, 2023, 10:30
BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha CSI 4*-W tasnifidagi musobaqa yakunlandi. Turnirning so'nggi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
145 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Abdurahmon Abdullaev oltin medalga sazovor bo'ldi. Ushbu yo'nalishda yurtdoshimizga “Caballone” laqabli tulpori hamrohlik qildi.
Musobaqada sportchi sifatida qatnashgan O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev “Lady” laqabli otda 125 sm, Abdurahmon Abdullaev 155 smli Gran-pri dasturida “Volour” tulporida ettinchi natijani qayd etishdi.