Taekvondo. Ulug'bek Rashitov — yakuniy gran-prining kumush medal sovrindori
10 DEKABR, 2022, 18:11
Saudiya Arabistonida taekvondo WT bo'yicha yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi o'z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Ulug'bek Rashitov -68 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rashitov ushbu natija evaziga o'z hisobiga Parij-2024 Olimpiadasi uchun 60 ochkoni qo'shib qo'ymoqda.