Eberl "Bavariya" etakchi himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilmoqda
4 NOYABR, 2025, 07:24
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl jamoa himoyachisi Dayo Upamekano bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini tezroq uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
27 yoshli frantsuzning holatini APL klublari "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" diqqat bilan kuzatmoqda.
Ular agar Dayo myunxenliklar bilan kelisha olmasa, qulay taklif bilan chiqishga tayyor.
