logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Benzemaning Saudiyaga o'yinlari tanqid ostiga olindi

 24 DEKABR, 2023, 23:36

"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema saudiyalik jurnalistlar tomonidan tanqid ostiga olindi.

"Benzema va futbol jamoatchiligi orasidagi masofadan kundan-kunga uzoqlashib bormoqda. U o'ynamayapti, o'z jamoasi safida ajralib turmayapti.

Bundan tashqari, u bor kuchi bilan harakat qilmayapti. U ochiqchasiga: "Men shunchaki ko'ngilxushlik qilyapman", demoqda.

"Yanvar oyida Ronaldu Saudiyaga kelganida o'ynash ishtiyoqi borligini namoyish etgandi. Benzema esa hozircha hech narsa taklif qilmayapti. Go'yoki, u o'zini jamoani yoqtirmagandek tutmoqda. U o'zini erkin his qilmayapti. Buning sababini bilmayman", – dedi Volid al-Farraj "Football Talk"ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Benzema yozda erkin agent sifatida "Al-Ittihod" safiga o'tdi. Joriy mavsumda u 14 o'yinda maydonga tushib, 9 gol va 4 assist muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR