Van Deyk bosh hakamga: "Bugun ichdingizmi?"
24 DEKABR, 2023, 20:30
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APLning 18-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga (1:1) qarshi o'yinda hakamlarning qarorlaridan biriga emotsional tarzda munosabat bildirdi.
52-daqiqada uchrashuv bosh hakami Kris Kavana 32 yoshli futbolchining “Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezusga nisbatan qo'pol o'yinini qayd etdi. Van Deyk hakamning qaroridan norozi edi.
"Bugun ichdingizmi?" – so'radi Van Deyk stakan ko'tarish ishorasiga taqlid qilib.
"Arsenal" (40 ochko) APLda peshqadamlikni saqlab qoldi. “Liverpul” (39) “Aston Villa”ni ortda qoldirib, turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.