logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

WTA Finals. Jessika Pegula derbida Koko Goffni engdi

 3 NOYABR, 2025, 13:48

Dunyoning beshinchi raketkasi Jessika Pegula Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan WTA Yakuniy turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.

Amerikalik tennischi Serena Uilyams nomidagi guruhning ilk uchrashuvida reytingda o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan vatandoshi Koko Goffni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/7(2), 6/2. Vatandoshlarning o'zaro uchrashuvlarida tajribali Jessika ustunlik qilmoqda - 5:3. 

Ikki soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda Pegula 5, Goff 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Koko oz emas, ko'p emas, 17 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Pegula bor yo'g'i bir bor to'pni o'yinga kiritishda bir bor adashdi. Breyklar bo'yicha ustunlik g'oliba tomonida bo'ldi - 9 ga 5. Bu shuruhda Arina Sobolenko va Jessika Pegula qo'shhokimlik qilmoqda. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ