logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Bavariya» prezidenti yana qayta saylandi

 3 NOYABR, 2025, 13:18

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner klub boshqaruviga yana bir muddatga saylandi.

71 yoshli rahbar klubning umumiy yig'ilishida bo'lib o'tgan ovoz berishda 95,63% ovoz to'plab g'alaba qozondi. Shu tariqa, u yana prezident sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, vitse-prezident Diter Mayer va uning o'rinbosari Valter Mennekes ham o'z lavozimlarini saqlab qolishdi.

Eslatib o'tamiz, Gerbert Xayner 2019 yildan beri Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ