logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

WTA Finals. Arina Sobolenko engil g'alaba bilan boshladi

 3 NOYABR, 2025, 09:32

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tennis bo'yicha Yakuniy WTA turniri davom etmoqda.

Serena Uilyams nomli guruhdan joy olgan dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko ilk uchrashuvida oson g'alabaga erishdi. Belaruslik tennis malikasi WTA reytingida sakkizinchi o'rindan joy olgan italiyalik Jasmin Paolinini mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1.

Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Arina foydasiga yanada yiriklashdi - 6:2. Olmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 11, Paolini 2 ta eys zarbani amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha katta ustunlik g'oliba tomonida bo'ldi - 5 ga 1. 

Etiborlisi, Arina Sobolenko professional tennischilik faoliyatidagi yubiley 500-uchrashuvini o'tkazdi. Bu yilgi mavsumda u 60 g'alaba va 11 mag'lubiyat qayd etgan. Bu borada u faqat Iga Svyontekka yutqazmoqda. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ