logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

«Napoli» prezidenti: «Rudi Garsiyani taqdimot marosimidayoq iste'foga chiqarishim kerak edi»

 23 DEKABR, 2023, 16:18

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis noyabr oyida iste'foga chiqarilgan Rudi Garsiyaning ishidan mutlaqo qoniqish hosil qilmaganini aytib o'tdi.

«Rudi Garsiyani taqdimot marosimidayoq iste'foga chiqarishim kerak edi. Men: «Uni sizlarga tanishtirdim, endi u jamoadan ketadi», deyishim kerak edi. Garsiya menga «Napoli» haqida tasavvurga ega emasligini, jamoaning birorta o'yinini tomosha qilmaganini bir necha marta aytdi.

Spalletti yo'lga qo'ygan o'yin uslubini Garsiya saqlab qolsa etarli bo'lardi. Buning o'rniga u menda ajoyib murabbiyni iste'foga chiqarib, o'ziga tegishli mutaxassisni olib kelishimni talab qildi», – dedi De Laurentis.

Ma'lumot o'rnida. Rudi Garsiya 15 iyun kuni bosh murabbiy lavozimiga tayinlanib, 14 noyabr kuni iste'foga chiqarildi. U klub boshqaruvida 16 o'yin o'tkazib, 8 g'alaba, 4 durang va 4 mag'lubiyat qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ