logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Og'ir atletika bo'yicha chempionimiz munosib taqdirlandi

 23 DEKABR, 2023, 15:24

Qashqadaryo viloyati hokimligida sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. E'tiborlisi, tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Tursunoy Jabborovani alohida e'tirof etdi va sportchimizga tantanali ravishda xonadon kalitini topshirdi.

O'z navbatida bunday e'tirof bo'lajak xalqaro musobaqalar oldidan sportchimizni yanada ruhlantirib, uni yangi g'alabalar sari undashi tabiiy.

Eslatib o'tamiz, Tursunoy Jabborova so'nggi yillarda ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda, jumladan 2021 yil Toshkentda va 2022 yil Kolumbiyada bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida, shuningdek, joriy yil Belarusda o'tkazilgan MDH o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ