logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Rodri Messi va Beyl natijasini takrorladi

 23 DEKABR, 2023, 12:36

Bir kun avval klublar o'rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda “Manchester Siti” Braziliyaning “Fluminense” klubi bilan to'qnash keldi. “Shaharliklar” yirik 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Hal qiluvchi bahsda ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes eng yaxshi futbolchi deb topildi. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi avvalroq UEFA Chempionlar ligasi finalida eng yaxshi futbolchiga aylangandi.

Ilgari bu ishni faqat ikki futbolchi bir yilda uddalay olardi. Gap argentinalik Lionel Messi (2011) va uelslik Garet Beyl (2018) haqida ketmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ