logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu yana "hunar" ko'rsatdi

 8 DEKABR, 2022, 17:55

Krishtianu Ronaldu kecha Portugaliya terma jamoasi zaxira o'rindig'idagi futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortdi.

Kecha hujumchi JCh-2022 1/8 finalidan o'rin olgan Shveytsariyaga qarshi o'yinda (6:1) dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushgan futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazgani ma'lum bo'ldi.

Marca xabariga ko'ra, ushbu o'yinning 73-daqiqasida maydonga tushgan Ronaldu uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlagan futbolchilar bilan birga ishlashdan bosh tortgan.

Maydonga asosiy tarkibda kirgan futbolchilar kecha trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazishdi, ularga Ronaldu ham qo'shildi. Shveytsariyaga qarshi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlagan futbolchilar maydonda mashq qilishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR