logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:28
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'FA mutaxassislari Qoraqalpog'istonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar

 8 DEKABR, 2022, 08:23

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari hududlarda futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o'smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab Nukus shahrida joylashgan bolalar-o'smirlar futbol maktabining ish faoliyati, infratuzilmasi va futbolchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar o'rganib chiqildi. Ayrim masalalar bo'yicha aniqlangan kamchiliklar va qilinishi kerak bo'lgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mas'ullar bilan suhbatda o'lkada iste'dodli yoshlar ko'p ekanligi, ularni to'g'ri yo'naltirib, zamonaviy standartlar asosida katta futbolga tayyorlash lozimligi, bu borada xalqaro tajribalarni o'rni muhim ekanligi ta'kidlandi.

Shundan keyin, bolalar futboli bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirokida 2022-yil yakunlari hamda 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan rejalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Unda bir qator yo'nalishlar bo'yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusi yilgi ish rejalari muhokama qilindi.

Kun tartibiga ko'ra, yig'ilishda mahorat maktabiga direktor tayinlash masalasi ham ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining buyrug'iga asosan, Iskanderov Damir Konisbaevich Qoraqalpog'iston futbol mahorati maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Yangi rahbar oldida yosh futbolchilarni kashf qilish, turli terma jamoalarimizga iste'dodli futbolchilarni tizimli etkazib berish kabi mas'uliyatli vazifalar turgani ta'kidlab o'tildi.

Kunning ikkinchi qismida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay O'rinbaev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda mazkur hududda futbol infratuzilmasini yaxshilash, uning ommaviyligini oshirish va bolalar-o'smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo'yicha kelajakdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR