Manchinining o'g'li butun umr "Sampdoriya" klubida qolishga tayyor
22 DEKABR, 2023, 10:30
O'tgan yozda Roberto Manchinining o'g'li Andrea Manchini "Sampdoriya" klubi sport direktori bo'ldi va klub hozirda Italiyaning B Seriyasida ishtirok etayotganiga qaramay, Andrea o'zi orzu qilgan jamoada ishlayapti, deb hisoblaydi. U faoliyatining oxirigacha “Sampdoriya”da qolishga tayyor.
"Agar imkonim bo'lsa, butun faoliyatim davomida "Sampdoriya"da qolgan bo'lardim. Men klubni ikkinchi uyim deb bilaman" - dedi kichik Manchini ITASportPress bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, uning otasi ham "Sampdoriya" jamoasida o'yinlari bilan nom qozongan.