"Real" Gvardiol bilan aloqa o'rnatdi
7 DEKABR, 2022, 16:27
Madridning "Real" klubi himoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Insayder Matteo Moretto xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati bu yo'lda "Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olmoqchi. Allaqachon tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshlangan, deya qo'shimcha qilgan manba.
20 yoshli xorvat hozirda 60 million evroga baholanmoqda. Uning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi.