Top ligalarning eng ko'p yuguruvchi o'yinchilari kimlar?
1 NOYABR, 2025, 20:54
Gradient Sports statistika portali o'rtacha 90 daqiqa davomida eng ko'p masofa bosib o'tgan futbolchilar reytingini e'lon qildi.
Tadqiqotga Evropaning beshta eng yaxshi ligasida o'ynayotgan futbolchilar kiritilgan. Birinchi o'rinni Frantsiyaning "Anje" jamoasi yarim himoyachisi Yasin Belxdim egalladi, u har bir o'yinda o'rtacha 11,7 kilometr masofani bosib o'tdi.
Ikkinchi pog'ona Ispaniyaning "Alaves" jamoasidagi Jon Guridiga (11,4 kilometr) va uchinchi o'rin Germaniyaning "Xaydenxaym" jamoasi yarim himoyachisi Luka Kerberga (11,3 kilometr) nasib etdi.
