logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Portugaliyaning o'ta yirik g'alabasidan so'ng Ronaldu post qoldirdi

 7 DEKABR, 2022, 06:04

Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2022 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi o'yinni (6:1) sarhisob qildi.

“Portugaliya uchun jahon futbolidagi eng yirik musobaqada tarixiy natijaga erishgan aql bovar qilmaydigan kun. Iqtidor va yoshlikka to'la dabdabali ijro. Jamoamizni tabriklash kerak. Olg'a, Portugaliya! — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.

Ronaldu Shveytsariyaga qarshi bahsni zaxirada boshladi. Uning o'rniga ilk daqiqalardan maydonga Gonsalu Ramush tushdi va u xet-trik qayd etdi. Shuningdek golli uzatma amalga oshirdi.

Chorak finalda Portugaliya terma jamoasi avvalroq Ispaniyadan kuchli ekanligini isbotlagan Marokash terma jamoasi bilan uchrashadi. Uchrashuv 10 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR