logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Chelsi" senegallik 17 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

 22 DEKABR, 2023, 00:06

Senegalning "Daru Salam" klubi yarim himoyachisi Dauda Diong faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda 90min xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar potentsial bitim shartlarini kelishib olgan.

Yosh futbolchi Senegal U17 terma jamoasida to'rtta o'yin o'tkazib, bitta sariq kartochka oldi.

"Chelsi" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi. Maurisio Pochettino shogirdlari hisobida 17 uchrashuvda 22 ochko bor.

24 dekabr kuni “ko'klar” Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasida “Vulverxempton” bilan mehmonda o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ