Fonseka: "Jamoamizga juda yaxshi futbolchilar qo'shilishidan doim xursandmiz"
1 NOYABR, 2025, 10:42
"Lion" bosh murabbiyi Paulo Fonseka klubning "Real" hujumchisi Endrikka qiziqishi borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Ishonchli manbalardan olingan so'nggi xabarlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi qishki transfer oynasida frantsuz jamoasiga ijaraga berilishi mumkin.
"Hali shartnoma imzolamagan futbolchilar haqida aniq bir narsa deya olmayman. Biroq, albatta, biz jamoamizga juda yaxshi futbolchilar qo'shilishidan doim xursandmiz", dedi Fonseka matbuot anjumanida.
