logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Nottingem Forest" "MYu" bilan o'yin oldidan tarkibida jiddiy yo'qotishlarga uchragan

 1 NOYABR, 2025, 09:00

Premer-liga doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan "Nottingem Forest" jamoasi tarkibda yo'qotishlarga duch keldi - bir vaqtning o'zida bir necha futbolchi, jumladan, ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko safdan chiqdi.

"O'rmonchilar" bosh murabbiyi Shon Daychning ma'lum qilishicha, Zinchenkoning chov jarohati kuchaygan va tiklanish jarayoni taxmin qilinganidan ko'proq vaqt oladi.

"Zinchenko hozircha o'ynay olmaydi. Afsuski, jarohat biz kutganimizdan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi," - dedi murabbiy o'yinoldi matbuot anjumanida.

Uchrashuvda ukrainalikdan tashqari Kris Vud va Dilan Bakva (mushaklari shikastlangan), darvozabon Angus Gann (tizzasidan jarohat olgan) va tizza osti payidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanishda davom etayotgan Ola Ayna ham ishtirok etmaydi.

"Nottingem Forest" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ