"Liverpul" - himoyalanish ko'rsatkichi bo'yicha APLda so'nggi o'rinda
1 NOYABR, 2025, 08:36
"Liverpul" ketma-ket to'rt o'yinda mag'lub bo'lib, Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'ringa tushib ketdi.
"Qizillar"ning asosiy muammolaridan biri - himoyadagi ishonchsiz o'yin, buni statistika ham tasdiqlaydi: Times Sport ta'kidlaganidek, mersisaydliklar o'z darvozasi yaqinida 19 ta aniq golli vaziyatni (standartlardan tashqari) o'tkazib yubordi - bu chempionatdagi "Byornli"dan (21) keyingi ikkinchi eng yomon ko'rsatkichdir. Shunisi e'tiborga loyiqki, Arne Slot jamoasi yaratilgan aniq vaziyatlar bo'yicha etakchilardan biri - 21 (faqat "Manchester Siti"da ko'proq - 23).
Bugun "Liverpul" o'z maydonida o'ninchi tur uchrashuvida "Aston Villa"ni qabul qiladi.
