logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Ispaniyaning 5 ta klubi Superligada ishtirok etishdan bosh tortdi

 21 DEKABR, 2023, 16:12

Ispaniya La Ligasining 5 ta klubi allaqachon Evropa Superligasi tashkil etilishiga qarshi norozilik bildirishgan. “Valensiya”, “Vilyarreal”, “Kadis”, “Granada” va “Levante” kabi jamoalar turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Bugun Evropa sudi Superliga loyihasini yaratishga ruxsat berdi, uning asoschilari Kataloniyaning "Barselona" va "Real Madrid" klublari hisoblanadi. FIFA va UEFA Superliga tashkil etilishiga aralashishga haqli emas.

Avvalroq Superliga o'z o'yinlarini mutlaqo tekin translyatsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Tashabbus "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres tomonidan ilgari surilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ