logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Gvardiola Rodri haqida xushxabar etkazdi

 1 NOYABR, 2025, 07:12

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri oktyabr oyi boshida bo'lib o'tgan "Brentford"ga qarshi o'yinda jarohat tufayli almashtirildi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yaxshi xabarni e'lon qildi - Rodri "Bornmut"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kerak.

"O'ylaymanki, Rodri yordam berishga tayyor bo'ladi. Bilmadim, u dastlabki daqiqalardan maydonga tusha oladimi, lekin umid qilamanki, u biz bilan birga bo'ladi," - dedi Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida.

Futbol bo'yicha Premer-liga doirasidagi "Manchester Siti" - "Bornmut" uchrashuvi 2 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ