logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«MYu» Maynuni «Real»dan Endrikka almashtirish variantni ko'rib chiqmoqda

 31 OKTYABR, 2025, 23:30

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Kobbi Maynuni Madridning «Real» klubiga ijaraga berib, evaziga «qirollik klubi» forvardi Endrikni ijara asosida olishga tayyor. «Qizil iblislar» bu kelishuvni qishki transfer oynasida amalga oshirish imkonini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Defensa Central.

Biroq manbaning ma'lumoticha, «Real» futbolchisi Endrik ijara asosida Frantsiyaning «Lion» klubiga o'tishni ko'proq xohlamoqda — bu jamoa ham braziliyalik forvardga qiziqish bildirgan. Shuningdek, manba ta'kidlashicha, «Real» Maynu nomzodini variant sifatida ko'rib chiqmayapti.

Joriy mavsumda Endrik «qirollik klubi» safida hali birorta o'yinda maydonga tushmadi. Kobbi Maynu esa bu mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda ishtirok etib, bir golli uzatma muallifi bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ