Ertaga tunda o'tkaziladigan UFC Fight Night 263 turnirining to'liq kardi
31 OKTYABR, 2025, 09:16
Kelayotgan shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.UFC Apex arena mezbonlik qiluvchi oqshom kardidan jami 13 ta jang o'rin olgan. Asosiy jang yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi. Unda divizion reytingida 12-o'rinni egallab turgan Stiv Garsiya 13-pog'onada borayotgan Devid Onamaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Ahamiyati jihatidan ikkinchi jang esa og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. Unda reytingning oltinchi va to'qqizinchi pog'onalarini egallab turgan Valdo Kortes-Akosta hamda Ante Deliya o'zaro to'qnash keladi.
UFC Fight Night 263 asosiy kard janglari:
Yarim engil vazn: Stiv Garsiya – Devid Onama
Og'ir vazn: Valdo Kortes-Akosta – Ante Deliya
Yarim o'rta vazn: Jeremaya Uells – Temba Gorimbo
Yarim engil vazn: Ayzek Dulgaryan – Yade Del Valle
Yarim o'rta vazn: CHarli Radtke – Deniel Frunza
Kelishilgan vazn: Allan Nasimento – Kodi Darden
Prelim kard janglari:
Yarim og'ir vazn: Billi Elikana – Kevin Kristian
O'ta engil vazn: Timoti Kuamba – CHan Xo Li
O'rta vazn: Donte Jonson – Sedrik Dyuma
Ayollar o'ta engil vazn: Ketlen Viera (#3) – Norman Dyumont (#4)
Ayollar minimal vazn: Alisa Ardelean – Montserrat Ruis
Yarim o'rta vazn: Filip Rou – Ko Sokxyon
Ayollar minimal vazn: Talita Alenkar – Ariane Karnelossi
UFC Fight Night 263 turniri bizning vaqt bilan yakshanba kuni soat 01:00da boshlanadi. Asosiy kard janglari taxminan soat 04:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
