logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:38
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Arauxo: "Puyol men uchun haqiqiy o'rnak"

 20 DEKABR, 2023, 18:06

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo klubning sobiq futbolchisi Karles Puyolga qoyil qolishini tan oldi.

Mashhur sobiq markaziy himoyachi butun faoliyati davomida "ko'k-anorranglilar" safida o'ynagan. 2014 yilda u butsalarini mixga osgandi.

"Puyol men uchun haqiqiy o'rnak, men unga ergashishga harakat qilaman. Uning etakchilik fazilatlari va klub qadriyatlarini boshqalarga qanday etkazgani havas qilarli darajada. Men shunga o'xshash narsani qilishni xohlayman.

Men u bilan yaxshi munosabatdaman. Ba'zida undan xabarlar olaman, bu juda yoqimli", - deya 24 yoshli urugvaylik futbolchining so'zlarini keltiradi ispan OAV.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR