"Bavariya" hozircha Keyn bilan muzokaralarga kirishmagan
4 DEKABR, 2022, 17:52
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn "Bavariya" e'tiborida bo'lib turibdi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Bavariya"ga Keynning o'yin uslubi yoqadi, ammo futbolchi bilan hozircha muzokaralar olib borilmayapti.
29 yoshli inglizning "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi. Transfermarkt uni 90 million evroga baholagan.