logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Qo'qon-1912» kuchli zarbaga ega futbolchi bilan shartnoma imzoladi

 20 DEKABR, 2023, 16:48

«Qo'qon-1912» jamoasi navbatdagi transferni amalga oshirdi. Qo'qonliklar uzoq masofalardan dahshatli gollar uruvchi futbolchi Islom Sharipov bilan shartnoma imzolashdi.

Kelishuvga ko'ra, Sharipov kelgusi mavsum oxiriga qadar Qo'qonda to'p tepadi.

Islom Sharipov o'tgan mavsumni Pro liganing «Yunired» jamoasida o'tkazdi. U 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golga aniq uzatma amalga oshirgan.

Islom Sharipov
Tug'ilgan sanasi: 05.02.1995
Ampulasi: Markaziy yarim himoyachi

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR