logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Manchester Yunayted"ga xaridor chiqdi

 24 NOYABR, 2022, 06:42

Ineos kimyo kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori ser Jeyms Artur Retkliff "Manchester Yunayted"ni sotib olishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Ingliz klubining hozirgi egalari bo'lmish Gleyzerlar oilasi yaqin kelajakda o'z aktivlarini sotuvga qo'yishni rejalashtirmoqda. Ma'lum qilinishicha, agar uning summasi besh yarim milliard evrodan oshmasa, kelishuv muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin.

O'tgan yozda Retkliff birinchi bo'lib "Manchester Yunayted"ni sotib olish istagini bildirgan edi.

“Qizil iblislar” ayni damda APL turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR