logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Brunu Fernandesh Ronaldu bilan nima uchun bunday munosabatda bo'lganini tushuntirdi (video)

 18 NOYABR, 2022, 13:01

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi.

– Ronaldu bilan munosabatlarda muammo yuzaga keldimi?
– Menda hech bilan muomalada muammo yo'q. Men o'z ishimni va murabbiy aytgan vazifani bajaraman. Faqat o'zimga javob berishim mumkin. Bu fikrimni barcha tasdiqlashi mumkin. Hamma o'zini nazorat qilishi va maydonda borini berishi kerak.

– Siz Ronaldu bilan sovuq salomatlashdingiz.
– Nima uchun bunday deyapsiz? Keyinroq ushbu videoning ovozlisi tarqatildi. Siz uni ko'rdingizmi? Agar ko'rmagan bo'lsangiz, tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Bizning mamlakat — Portugaliyada muammo bor. Telekanallardan birida ushbu lavhani namoyish etib, «bu yomon, bu sovuq», deya 45 daqiqav davomida muhokama qilishdi. Shundan so'ng reklama qo'yildi. Shu paytda terma jamoa ularga videoning ovozli versiyasini yuborishdi.

Oovozli videosini tomosha qilsangiz, Ronaldu mengahazil qilgani eshitiladi. Reklamadan keyin esa ular futbolchilar o'rtasida hazil bo'lganini aytishdi. Bor gap shu. Videoni qayta-qayta tomosha qilgan insonlar Krishtianu bilan o'rtamizda muammo bor deb o'ylagani aniq. Insonlar bilishi uchun vaziyatni tushuntirish kerak edi. Ammo odamlar buni bilmaydi.

Hozir biz terma jamoa safidamiz. Jahon chempionatidan keyin e'tiborni «Manchester Yunayted»ga qaratamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR