Yumtiti: «Bizga Sherkidek kreativ futbolchi kerak»
26 SENTYABR, 2026, 14:06
Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Samyuel Umtiti Millatlar ligasida Turkiya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng Rayan Sherkining «sakkizlik» pozitsiyasidagi o'yiniga baho berdi.
«Uning faolligi menga yoqdi. Bizga shunday kreativ futbolchi kerak. Ha, ba'zi vaziyatlarda u ortiqcha harakat qilib qo'yadi, ammo menimcha, unga faqat biroz aniq vazifalar belgilab berish kerak.
Bu uning ushbu pozitsiyadagi ilk o'yini edi, ammo u yaxshi taassurot qoldirdi», — dedi Yumtiti.
Millatlar ligasining 2-turida Frantsiya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi, Turkiya esa Italiya bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 28 sentyabr kuni o'tkaziladi.
