logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kasado «Betis»ga qarshi o'yinda og'ir jarohat oldi

 21 SENTYABR, 2026, 04:54

La-Korunyaning «Deportivo» klubida ijara asosida o'ynayotgan «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado La Liga doirasidagi «Betis»ga qarshi uchrashuvda (1:1) elkasidan og'ir jarohat oldi.

Kasado o'yin boshlanganidan taxminan 30 daqiqa o'tib maydonni tark etdi. Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchi «Betis» yarim himoyachisi Mark Roka bilan to'qnashuvdan so'ng noqulay yiqilgan. Kasado o'ng elkasini ko'rsatib, klub shifokorlariga: «U sindi», degan va almashtirishni so'ragan.

Tiklanishning aniq muddati va jarohatning qanchalik jiddiyligi tibbiy ko'rikdan so'ng hamda «Deportivo»ning rasmiy xulosasidan keyin ma'lum bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ