logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino «Atletiko»ga qarshi derbi uchun tayanch yarim himoyachilar juftligini tanladi

 20 SENTYABR, 2026, 09:00

Bugun Madridning «Real» klubi La Liganing 7-turi doirasida safarda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Madrid derbisi Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi. Diario AS ma'lumotiga ko'ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourino maydon markazida Federiko Valverde va Orelen Tchuameni juftligiga ishonch bildirishni rejalashtirmoqda.

Urugvaylik va frantsuz futbolchisining «Atletiko»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida Valverde va Tchuameni o'rtasida kiyinish xonasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik har ikki futbolchi mushtlashuv bo'lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi, ammo ular o'rtasida og'zaki tortishuv bo'lganini tasdiqladi.

«Real» 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. 13 ochko jamg'argan «Atletiko» esa to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ