logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Iraola "Tottenxem"ga qarshi katta rotatsiya sababini tushuntirdi

 16 SENTYABR, 2026, 12:00

"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Liga kubogida "Tottenxem" ustidan 3:1 hisobida qozonilgan g'alabada tarkibda ko'plab o'zgarishlar qilgani sababini tushuntirdi.

"To'g'ri, tarkibda ko'plab o'zgarishlar qildim, ammo menimcha, bu zarur edi. Bizga energiya etishmayotganini sezdik, shuning uchun yangi kuchlar kerak bo'ldi.

Jamoa yuqori intensivlik va agressivlik ko'rsata olganidan xursandman. Shuningdek, munosib g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqqanimizdan mamnunman", — dedi Iraola jurnalistlarga.

"Liverpul" navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasining 5-turi doirasida safarda "Bornmut"ga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ