logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tomas Bax: «Jahon chempionatida ikki yilda bir o'kazib bo'lmaydi»

 25 NOYABR, 16:55 17

.

Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi prezidenti Tomas Bax futbol bo'yicha Jahon chempionatini har 2 yilda o'tkazish g'oyasi to'g'risida fikr bildirdi.

«Men gaplashganlarning hech birida aniq loyiha yozilgan qog'ozlarni ko'rmaganman. Bu barcha sport turlari bo'yicha umumiy musobaqalar taqvimiga juda jiddiy ta'sir qilishini hamma bilib turibdi.

Har 2 yilda bir marta o'tkaziladigan Jahon chempionati ularning salomatligi va farovonligiga xavf tug'dirishini aytadigan faol futbolchilarni ko'rdik. Bu fikrni qo'llab-quvvatlovchilardan biz faqat bitta dalilni eshitamiz. Bu ham bo'lsa pul.

Ushbu reja tarafdorlari har ikki yilda bir marta Jahon chempionati o'tkazilishi FIFA'ga ikki barobar ko'p pul olib keladi, deb xato o'ylashmoqda. Har ikki yilda bir marta Jahon chempionati o'tkazib, daromadni saqlab qolaman, deb o'ylash noto'g'ri. Bunday bo'lmaydi», dedi Tomas Bax.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR