Matetaning jarohati transfer rejalariga ta'sir qilishi mumkin
28 AVGUST, 2026, 22:00
«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta mashg'ulot paytida sonning orqa qismi mushaklaridan jarohat oldi va taxminan to'rt hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
29 yoshli frantsuz futbolchisi joriy yozda klubni tark etishni rejalashtirgan edi. Avvalroq «Aston Villa» Mateta uchun taklif yuborgan, biroq «Kristal Pelas» taklif qilingan summa klub kutgan miqdordan ancha past bo'lgani sabab uni rad etgan.
Yanvar oyida «Nottingem Forest» Mateta uchun taxminan 41 million evro taklif qilgan edi. Shuningdek, «Milan» ham «Kristal Pelas»ga rasmiy taklif yuborgan, ammo italiyaliklar keyinchalik tibbiy ko'rikdan so'ng bitimdan voz kechgan.
O'tgan mavsumda Mateta Angliya Premer-ligasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.
Manba: stadion.uz
