logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Sekeyra: «Men «Lokomotiv»ni futbolning oliy matematikasi bilan etakchiga aylantirmoqchi edim»

 25 NOYABR, 18:15 51

.

"Lokomotiv" shifokori Abror Pirriev klubning portugaliyalik murabbiyi Mikael Sekeyra bilan xayrlashuv marosimi haqida fikr bildirib o'tdi.

"Qay murabbiyni bu tarzda, bunday muhitda kuzatganimizni, ochig'i, eslay olmadim. Xayrlashuv kechasi ehtiros, mehr va hayajonga boy bo'ldi. Kechada aytilganidek: Sekeyra jamoa uchun “bolshe chem trener” bo'la oldi.

Mika – sen doimo qalbimizda qolasan. Sen jamoamizga Evropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan. Sen shunchaki ajoyib insonsan. Shaxsiy futbol klubim bo'lganida uning eng yuksak marralariga olib borish uchun boshqaruv rulini hech ikkilanmay senga topshirgan bo'lardim.

Jamoamizda vaqtinchalik “shoh” vazifasini bajaruvchi Korostichenkoga omad tilab aytgan so'zlaring yodimda: “Men jamoani futbolning oliy matematikasi bilan etakchiga aylantirmoqchi edim. Maydonda yo'l qo'yilgan maktab o'quvchisi qiladigan xatolargina bizga pand berdi”.

Futbolimiz – sendek etuk mutaxassislar o'rgatmoqchi bo'lgan oliy matematikaga tayyor bo'lishini istab, senga faqat omad tilab qolamiz.

Barchasi uchun rahmat!"

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR