logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bogdan Guskov UFC`dagi keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi

 9 AVGUST, 2025, 10:00

Yarimog'ir vazn toifasi reytingida 10-o'ringa ko'tarilib olgan aralash yakkakurash ustamiz navbatdagi jangi haqida malumot berdi.

Guskov Abu-Dabida o'tgan UFC turnirida rossiyalik Nikita Krilovni birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Bogdan keyingi raqibi raqibi sobiq UFC chempioni Jamal Xill bo'lishiga ishonmoqda. Jamal ayni paytda divizion reytingining 6-pog'onasini band etgan. 

"Bizda aniq fakt bo'yicha uch nafar raqib bor: Volkan Ozdemir, Yan Blaxovich va Jamal Xill. Ular orasida eng ideal variant – Xill bilan jang hisoblanadi. U sobiq chempion bo'lib, reytingi ham mendan yuqorida. Blaxovich yana ham balandda, lekin Yan Top-5`da va menimcha, u bilan jang o'tkazish imkoniyatim pastroq. Xill esa men uchun chempionlik yo'lidagi katta qadam bo'ladi. Avvaliga Top-10, keyin Top-5 reytingi vakili bilan jang va keyingi qadam chempionlik! Aynan shunday reja amalga oshsa, ajoyib ish bo'lar edi", – dedi Guskov. 

Malumot uchun, Bogdan Guskov UFC promoushenida ketma-ket 4 ta jangda g'alaba qozondi. Janglarining barida raqiblarini muddatidan avval engdi. Jamal Xill esa iyun oyida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. So'nggi jangida Xalil Rauntriga imkoniyatni boy berdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ