logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

KO'JCh. «Chelsi» «Flamengo»ga yutqazdi (videosharh)

 21 IYUN, 2025, 06:00

20 iyun kuni Filadelfiya shahrida joylashgan "Linkoln Faynenshel Fild" stadionida Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining D guruhi 2-tur bahsi bo'lib o'tdi. Unda Braziliyaning "Flamengo" va Angliyaning "Chelsi" jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Londonliklar mazkur o'yinda 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradilar.

Uchrashuvning 13-daqiqasida "Chelsi" hujumchisi Pedru Netu hisobni ochdi. 62-daqiqada "Flamengo" forvardi Bruno Enrike hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqada himoyachi Danilo jamoasini oldinga olib chiqdi, 83-daqiqada esa Uolles Yan g'alabani mustahkamladi.

"Chelsi" ikki turdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda D guruhida 2-o'rinni egallab turibdi. "Flamengo" esa 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati — 2025
D guruhi. 2-tur
20 iyun 2025, juma. 21:00 MSK
"Flamengo" (Rio-de-Janeyro, Braziliya) — "Chelsi" (London, Angliya) - 3:1
Gollar: 0:1 — Pedru Netu, 13', 1:1 — Bruno Enrike, 62', 2:1 — Danilo, 65', 3:1 — Uolles Yan, 83'
Chetlatish: Jekson, 68' ("Chelsi")

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ