logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maktominey: «Biz jiddiy o'sishga erishdik»

 21 OKTYABR, 2026, 10:00

Italiyaning «Napoli» klubi ichki chempionatdagi muvaffaqiyatsiz o'yinlar seriyasidan so'ng Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasiga qarshi uchrashuvda (4:3) g'alaba qozondi. Shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominey bo'lib o'tgan bahs haqida fikr bildirdi.

«Gap shundaki, shunchaki ishlashda davom etish kerak. Biz jiddiy o'zgarishlarga erishdik. Maqsadlar kuch beradi. Men o'zimni yaxshi jismoniy holatga keltirish uchun maxsus dasturni boshladim.

Muxlislar shunchaki ajoyib. Futbolka ostidagi to'pmi? Bu juda ajoyib narsa... (kuladi).

Qiynaldikmi? Muxlislar uchun bu ajoyib o'yin bo'ldi. Ertaga xatolarimizni tahlil qilamiz, toki kelajakda yaxshiroq o'ynay olaylik.

Eng muhimi — biz uch ochkoni qo'lga kiritdik. De Bryuyne bilan yonma-yon o'ynash — aqlbovar qilmas holat. U hozir ajoyib formada va juda zo'r o'yin namoyish etmoqda», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Maktominay 2024 yildan buyon «Napoli» safida to'p surmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ