logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» gol urgan futbolchilar soni bo'yicha Evropada etakchi

 21 OKTYABR, 2026, 09:36

Ispaniya chempionatining avvalgi uchrashuvida «Barselona» «Betis»ni 5:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu bahsda uch nafar futbolchi — Rodri, Erik Garsiya va Dani Olmo joriy mavsumdagi ilk gollarini urishdi.

Shu tariqa, joriy mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida gol urgan futbolchilar soni 13 nafarga etdi. Bu Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasidagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.

Gol mualliflari soni bo'yicha «Barselona»ga eng yaqin jamoa «Betis» bo'lib, uning 10 nafar futbolchisi gol urgan. Angliya Premer-ligasining «Brayton» hamda Italiya A Seriyasining «Inter» klublarida ham xuddi shunday ko'rsatkich qayd etilgan.

«Barselona» Ispaniya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini Madridning «Real» klubiga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ